Koronavirus sababli yangi poytaxtga ko‘chib o‘tish keyingi yilga qoldirildi

Koronavirus sababli yangi poytaxtga ko‘chib o‘tish keyingi yilga qoldirildi

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi koronavirus sababli 2020 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar bilan bog‘liq tadbirlarni 2021 yilda o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish berdi.

"Prezident 2020 yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan yirik loyihalar bilan bog‘liq tadbirlarni, jumladan yangi ma’muriy poytaxtga ko‘chib o‘tish va Misr Katta muzeyi ochilishini keyingi 2021 yilga qoldirish topshirig‘ini berdi", - deyiladi Misr prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, tadbirlar qoldirilishi"koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq holat va unga qarshi kurashish jarayoni oqibatlari" bilan bog‘liq.

Misrda ayni paytgacha 985 kishi koronavirusga chalinganligi aniqlangan.

Yangi ma’muriy poytaxt Misrda amalga oshirilayotgan yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Qator vazirlik va idoralarning Qohiradan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan yangi poytaxtga ko‘chirilishi shu yilning yoziga rejalashtirilgandi.

Misr Katta muzeyi ham yozda ochilishi mo‘ljallangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!