Koronavirus: Rossiya o‘limlar soni bo‘yicha o‘nlikka kirish ostonasida

Koronavirus: Rossiya o‘limlar soni bo‘yicha o‘nlikka kirish ostonasida

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda Covid-19’dan zararlanganlar soni 13 millionga yaqinlashdi, 565 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi.

So‘nggi bir kunda dunyoda koronavirusdan 230 mingdan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi. Bu ayni vaqtda rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan avvalgi kunlik o‘sish bo‘yicha eng yuqori natija 10 iyulda qayd etilgan, o‘shanda bir kunda dunyo bo‘ylab 228 mingdan ko‘proq yangi kasallanish holati aniqlangan.

Rossiya o‘limlar soni bo‘yicha o‘nlikka kirishga yaqin - 11335 o‘lim va 11-o‘rin. Bu borada hamon AQSh yetakchi. Bu yerda shu vaqtgacha koronavirus qurbonlari soni 137 mingdan oshdi.

Rossiyada o‘tgan kunda yana 6615 kishida koronavirus aniqlandi, 130 bemor vafot etdi. Rossiyada kasallik tarqala boshlaganidan buyon jami 727 ming kishi virusdan zararlangan (dunyoda 4-o‘rin), 501 061 kishi tuzalgan. 

Bu borada to‘qqizinchi o‘rindagi Eronda 12829 qurbon qayd etilgan, o‘ninchi o‘rindagi Peruda 11682 kishi virus tufayli olamdan o‘tgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!