Koronavirus rivojlanmoqda: olimlar yangi alomatlarni aniqlashdi

Koronavirus rivojlanmoqda: olimlar yangi alomatlarni aniqlashdi

Koronavirus alomatlarining umumiy ro‘yxatiga AQSh shifokorlari tomonidan qayd etilgan yana bir belgi kiritildi, deb yozadi Vesti.

Kaliforniya universiteti dermatologiya professori Rendi Jeykobsning aytishicha, COVID-19 terida toshma shaklida paydo bo‘lishi ham mumkin.

Ta’kidlanishicha, koronavirus tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorida ana o‘sha alomat topilgan.

“Undagi alomatlar taxminan 10 kun oldin past harorat, burun bitishi bilan boshlanadi, ammo keyinchalik nafas qisilishisiz ho‘l yo‘tal kuzatiladi va bemor o‘zini shamollaganman deb o‘ylaydi. Bir hafta o‘tgach, o‘zida vaqti-vaqti bilan kuzatilgan qichishish va sonining old tomonining bir tomoniga toshgan toshmalarni ko‘rib qoladi. Ammo 24 soat keyin toshmalar butunlay g‘oyib bo‘ladi. Biroq ushbu holat bilan bir vaqtda, bemorda yorqin-qizil gematuriya (siydikdagi qon) va umumiy holsizlik yuzaga keladi", deydi shifokor.

Ertasi kuni bu alomatlar ham yo‘qoladi, ularning o‘rnini esa quruq yo‘tal, kuchli zaiflik egallaydi va COVID-19 uchun test ijobiy natija ko‘rsatadi.

Erkak hozirda kasalxonaga yotqizilgan bo‘lib, kislorod bilan ta’minlanmoqda.

Shifokor shunga o‘xshash alomatlar nafaqat uning bemorida paydo bo‘lganligini, balki boshqa hamkasblarining bemorlarida ham xuddi shunday holat bo‘lganligini ma’lum qildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!