Koronavirus! Ramazon oyida jamoat uchun iftorlik o‘tkazish man etildi

Koronavirus! Ramazon oyida jamoat uchun iftorlik o‘tkazish man etildi
Arab tilidagi (https://arabicpost.net) internet nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Misr Vaqf ishlari vazirligi 4 aprelda mamlakatda koronavirus tarqalishiga kurash doirasida Ramazon oyida jamoat uchun iftorliklar o‘tkazishni man etishini ma’lum qilgan. 
 
Vaqf ishlari vazirligi ehson qilish niyatida bo‘lganlarni Ro‘za oyi boshlanishidan oldin ataganlarini naqd pul yoki oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rinishida faqir va ehtiyojmandlarga tarqatishga chaqirdi. 
 
Koronavirus Misr hukumatining qator yirik loyihalari ado etilishiga ham ta’sir etmoqda. Jumladan, Misr muzeyini ochish marosimi va hukumat xizmatchilarining birinchi guruhini mamlakatning yangi poytaxtiga ko‘chirish ishlari 2021 yilga qadar kechiktirildi. 
 
Misr muzeyini ochish marosimini joriy yil davomida o‘tkazish, hukumat xizmatchilarining birinchi guruhini mamlakatning yangi poytaxtiga ko‘chirish esa iyun oyiga rejalashtirilgan edi. 
 
58 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan Misrning yangi poytaxti loyihasini amalga oshirish jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi, xususan, ayrim investorlar loyihadan chiqib ketdi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!