Koronavirus pandemiyasini jilovlashning eng samarali usuli nima?

Koronavirus pandemiyasini jilovlashning eng samarali usuli nima?

Ayni damda butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham koronavirusga pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Xo‘sh, vaksina topilmagan bir paytda pandemiyani jilovlashning eng samarali usuli nima?

Fuqarolarning o‘zini o‘zi izolyasiya qilish va ijtimoiy masofani saqlash orqali virus tarqalishi yo‘llarini cheklash, bemorlarni aniqlash va epidemiya o‘choqlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha faol choralar ko‘rish pandemiyani jilovlashning eng kerakli usullaridir. Ayni paytda, na Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), na boshqa rasmiy tashkilotlar vaksina yaratilishi va qo‘llanishi bo‘yicha aniq muddatlarni aytib bera olmayapti.

JSSTga ko‘ra, pandemiyaga qarshi kurashda eng muhim tamoyillar quyidagilardir:

— vaziyatni nazoratda ushlash, kasallikni aniqlash va tarqalish o‘choqlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik. Boshqacha aytganda, kasallikning barcha holatlari qanchalik tez aniqlansa, ko‘rikdan o‘tkazilsa va izolyasiya qilinsa, virusni jilovlash osonroq bo‘ladi.

 Karantin qoidalariga amal qilmaslik, ko‘plab odamlarning nobud bo‘lishi, sog‘liqni saqlash tizimiga og‘irlik qilishi bilan birga katta iqtisodiy talofatlarga olib keladi.

Odamlar o‘rtasidagi aloqani kamaytirish yoki cheklash natijasida har bir bemor 4-5 nafar emas, balki undan ham kamroq odamlarni zararlashi mumkin. Natijada epidemiya sekinlashadi. Oxir-oqibat virusni yuqtirganlar sonining kamayishi bilan epidemiyaning o‘zi ham barham topadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!