Koronavirus odamga necha marta yuqishi mumkin?

Koronavirus odamga necha marta yuqishi mumkin?

Koronavirusga qarshi vaksinasiz va karantin choralarisiz odam har uch oyda koronavirusga chalinish xavfiga duch keladi. Bu haqda «The Guardian» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilda koronavirusga qayta chalinish holati juda kam uchragan. Biroq keyinchalik olimlar infeksiyani o‘tkazgandan keyin olingan immunitet vaqt o‘tishi bilan zaiflashishini aniqlagan. Tadqiqotlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallangan 65 yoshgacha bo‘lgan odamlar yarim yilga infeksiya yuqishidan 80 foizga himoyalangan. Mazkur yoshdan oshganlarda bu ko‘rsatkich 47 foizni tashkil qiladi.

Mutaxassislarning fikricha, koronavirusni takroran yuqtirish uning yangi shtamlari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ular odatda immunitetga nisbatan ko‘proq chidamli bo‘lib, vaksinalarning samaradorligini pasaytiradi. Olimlar 20 ming ta ijobiy infeksion testlardan 300 ga yaqinida kovid infeksiyasini aniqlagan. Birinchi va keyingi infeksiya o‘rtasidagi o‘rtacha vaqt oralig‘i olti oyni tashkil qilgan.

Ta’kidlanishicha, o‘rtacha hisobda odam uch martagacha kovid bilan kasallanishi mumkin. Bunday holda agar bemor yangi shtamni yuqtirmagan bo‘lsa, infeksiya osonroq kechadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!