Koronavirus! Milliarderlar qancha mablag‘dan ayrildi?

Koronavirus! Milliarderlar qancha mablag‘dan ayrildi?

Dunyoning 100 nafar boy odamlari koronavirus pandemiyasi tufayli 408 mlrd dollar atrofida mablag‘ yo‘qotdi.

Eng katta yo‘qotish — 30 mlrd dollar atrofida — fransiyalik milliarder, yuqori sifatli tovarlar ishlab chiqaruvchi "LVMH Moet Hennessy Louis Vuitton" egasi Bernar Arno hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda "Hurun Institute" xabar bermoqda.

100 milliarder orasidan fevral-mart oylarida 86 foizi zarar ko‘rgan. 9 foizining esa daromadi ortgan. 5 foiz milliarderning mablag‘i o‘zgarmagan.

Oxirgi ikki oyda dunyo milliarderlarining umumiy boyligi 20 foizga kamaygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!