Koronavirus liftdagi havoda qancha muddat saqlanib qoladi?

Koronavirus liftdagi havoda qancha muddat saqlanib qoladi?

Amsterdam universiteti tomonidan olib borilgan so‘nggi tadqiqot natijalariga ko‘ra, tarkibida koronavirus bo‘lgan zarralar lift eshiklari yopiq qolgan taqdirda unda 30 daqiqagacha saqlanib qolishi mumkin.

Amsterdam universiteti tadqiqotchilarining aytishicha, odatiy sharoitda koronavirus zarralari lift ichida 10-20 daqiqa saqlanib turadi. Agar lift eshiklari ochiq qoldirilsa, virusli zarralarning hayoti bir necha daqiqagina davom etadi, xolos.

“Biz shuni aniqladikki, odatiy sharoitda havo tomchilarining yo‘q bo‘lishiga 12 daqiqadan 18 daqiqagacha vaqt ketadi. Lift eshiklari doimo ochiq qoldirilganda esa bu vaqt 2 yo 4 daqiqagacha qisqaradi ” deydi ushbu tadqiqotda qatnashgan olimlardan biri Daniyel Bon.

Mazkur o‘rganishda tadqiqotchilar maxsus vositalar orqali lift ichida sun’iy tarzda yo‘talishni keltirib chiqarishdi. Olimlar lift ichidagi havodan virus zarralarini aniqlash uchun lazer nurlaridan foydalanishgan. Shunda keyin ular koronavirus tomchilarining miqdorini hisoblab chiqishdi.

Olimlar mazkur tadqiqotdan kelib chiqib koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun agar imkoni bo‘lsa, lift eshiklarini uzoqroq muddat davomida ochiq qoldirish kerakligini, odamlar lift ichida gaplashish va yo‘talishdan tiyilishlari lozimligini maslahat berishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!