Koronavirus: kecha yurtimizda kasallanishlar soni yana 100 ga yaqinlashdi

Koronavirus: kecha yurtimizda kasallanishlar soni yana 100 ga yaqinlashdi

2022 yil 2 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 241040 (+95) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 4 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Buxoro viloyatida, 5 nafari Jizzax viloyatida, 4 nafari Qashqadaryo viloyatida, 4 nafari Navoiy viloyatida, 8 nafari Namangan viloyatida, 7 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Farg‘ona viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 25 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Navoiy viloyatida 1 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Sirdaryo viloyatida 4 nafar, Toshkent viloyatida 3 nafar, Toshkent shahrida 27 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 238191 (+48) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!