Koronavirus: JSST Xitoydan ma’lumot olishda qiyinchiliklarga duch kelgan

Koronavirus: JSST Xitoydan ma’lumot olishda qiyinchiliklarga duch kelgan

Koronavirus epidemiyasi boshlangan vaqtda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xodimlari Xitoydan kasallik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Bu haqda tashkilotning ichki hujjatlari, elektron xabarlari va intervyulariga tayanib Associated Press xabar qildi.

Unga ko‘ra, JSSTning Xitoydagi vakili Goden Galea ichki yig‘ilishlardan birida koronavirus haqidagi ma’lumotlarni Xitoy mamlakatning CCTV telekanaliga chiqishidan 15 daqiqa oldin berayotganini aytib o‘tgan. Tashkilot juda kam ma’lumotga egaligi haqida epidemiolog Mariya van Kerxov ham JSSTning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ta’kidlagan.

Shuningdek, qayd etilishicha, JSST xodimlari koronavirus haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Xitoy hukumatini oshkora maqtashlariga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘p o‘tmay, yanvar oyining ikkinchi haftasida JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Maykl Rayan 2002 yilgi SARS epidemiyasi takrorlanishining oldini olish uchun Xitoyga ko‘proq bosim o‘tkazishni taklif qilgan. «Xuddi shunday ssenariy, nima bo‘layotgani haqida Xitoydan xabarlar olish uchun cheksiz urinishlar», deya uning so‘zlarini keltirmoqda agentlik.

Bundan tashqari, xabarda aytilishicha, hukumatning bir necha laboratoriyalari «rasshifrovka» qilganidan keyin ham Xitoy JSSTga koronavirus genomi haqidagi ma’lumotlarni berishga shoshilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!