Koronavirus! Ishsiz qolgan tarjimonlar

Koronavirus! Ishsiz qolgan tarjimonlar

Ishtirokchilari dunyoning har xil tillarida gapiradigan bevosita uchrashuv va majlislar soni pandemiya tufayli keskin qisqarib ketgani sababli Bryusseldagi Yevropa Ittifoqi idoralarining 1200 dan ziyod shtatdan tashqari tarjimonlari mart oyidan buyon ishsiz qolishgan.

Taqdirning o‘yinini qarangki, hamjihatlik, o‘zaro insonparvarlik yordami kabi mavzular haqida gap boradigan ko‘pdan-ko‘p tadbirlarni jahon tillarida yoritib boradigan tarjimonlar o‘sha hamjihatligu, insonparvarlik yordamidan foydalana olmay, muhtoj bo‘lib o‘tirishibdi. Aniqlanishicha, kelasi uch oy ichida Bryusselda tarjimonlar xizmati talab etiladigan yirik miqyosli xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilmagan va shu bois ularning kelgusi taqdiri mavhum bo‘lgancha qolmoqda.

Gap shundaki, ushbu tarjimonlarni ishga Yevropa Ittifoqi idoralari olgan va shu bois ham ularga Belgiyaning milliy dasturlarida ko‘zda tutilgan ishsizlik nafaqasini to‘lash imkoni topilmagan.

Evropa Ittifoqiga qarashli idoralarning kadr bo‘limlari ayrim tarjimonlarga yil oxirigacha 1400 yevrodan to‘lash majburiyatini olibdi. Biroq bunday masalalar,  Tarjimonlar  assosiasiyasi vakilining so‘zlariga  qaraganda,  yakka tartibda, o‘zaro kelishuvlar asosida hal bo‘lib, bu borada hech qanday jamoa kelishuvlari tuzilmagan. Tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘lmagani uchun ham ishsiz qolgan tarjimonlarga yordam berishning iloji bo‘lmayapti.

Evropa hay’ati esa hozircha sukut saqlamoqda.

Shokir Dolimov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!