Koronavirus havo orqali ham yuqishi aytilmoqda

Koronavirus havo orqali ham yuqishi aytilmoqda

Yangi koronavirus havo orqali yuqishi mumkin, deb yozadi "Nature".

Nashrning ta’kidlashicha, hozirgi paytda ushbu nazariyaning ishonchli dalillari yo‘q. Masalan, JSST tasarrufidagi sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dastur direktori Maykl Rayan havo orqali infeksiyani asemptomatik tashuvchilardan yuqtirish ehtimoli borligini ta’kidladi, ammo infeksiyaning 90 foizdan ko‘prog‘i kasallik belgilari bo‘lgan odamlarning tomchilari orqali sodir bo‘ladi.

Biroq, mutaxassislar koronavirusning yuqishi kutilganidan tezroq va sezilmaydigan tarzda sodir bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Tadqiqotchilar yillar davomida zarur dalillarni to‘plab bo‘lishganida ko‘p odamlar o‘lib ketishi mumkin, deb yozadi maqola muallifi.

"Ushbu yo‘nalishda ishlaydigan olimlarning fikriga ko‘ra, virusning havo orqali tarqalishiga shubha yo‘q", dedi Brisbendagi Kvinslend Texnologiya universiteti yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Lidiya Moravska.

"Agar koronavirus havo tomchilari orqali yuqadigan bo‘lsa, virus zarralari vaqt o‘tishi bilan yopiq joylarda to‘planib qolishi yoki juda katta masofalarga yetkazilishi mumkin", deydi Gonkong universitetining epidemiologi Ben Kovling.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yo‘talish yoki hansirash paytida odamlar odatda og‘izlarini yopadilar. Shunday qilib, koronavirusga chalingan odamning aksirganidan ko‘ra shu odam bilan shunchaki suhbatlashish xavfliroq bo‘lishi mumkin.

Xullas, olimlar koronavirus havo orqali yuqishi mumkinligini istisno qilmagan holda havoni tez-tez tozalab, almashtirib turishni tavsiya qiladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!