Koronavirus hamda semirib ketishning o‘zaro bog‘liqligi aniqlandi

Koronavirus hamda semirib ketishning o‘zaro bog‘liqligi aniqlandi

Rossiyalik diyetologlar hamda virusologlar tana massasi indeksi yuqumli va koronavirus bilan bog‘liq kasalliklarda omon qolish darajasini belgilab berishini aytishdi, deb ma’lum qildi “Izvestiya” nashri.

Ta’kidlanishicha, tana massasi indeksi yuqumli va surunkali kasalliklarda odamning yashashi bilan bevosita bog‘liq. Mutaxassislarning fikricha, indeks qanchalik yuqori bo‘lsa, yurak-qon tomir kasalliklari yoki 2-toifa diabetga chalinish ehtimoli shuncha yuqori.

Shu bois, qayd etilishicha, semirib ketgan odamlarda koronavirus infeksiyasi keltirib chiqaradigan kasallik yanada og‘ir kechadi.

Avvalroq virusga eng moyil bo‘lgan insonlar guruhi ma’lum qilingan, ular orasida nafaqat nafaqaxo‘rlar, balki diabet va semizlik, o‘pka va yurak-qon tomir tizimining kasalliklari bilan og‘riydigan insonlar ham ta’kidlangandi.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!