Koronavirus ham odamlar singari yashashga haqli

Koronavirus ham odamlar singari yashashga haqli

Koronavirus ham odamlar kabi mavjud bo‘lish huquqiga ega, dedi Hindistonning Uttaraxand shtati sobiq bosh vaziri Trivendra Singx Ravan. 

"SARS-SoV-2 virusi ham jonzotdir, u ham yashash huquqiga ega. Odamlar uni o‘ldirmoqchi bo‘lganida u mutasiyani davom ettiradi", deb aytgan Ravan.

Sobiq bosh vazirning bayonoti nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda, balki Hindistondagi siyosiy doiralarda ham shafqatsiz reaksiyaga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, Uttaraxand Kongressi vise-prezidenti Suryakant Dasmana bu gapni ahmoqlik va bema’nilik deb atab, Ravanni xushini yo‘qotganlikda aybladi.

Shunisi e’tiborliki, sobiq bosh vazirda bunday bayonot oldin ham bo‘lgan.

U ilgari sigir kislorod bilan nafas oladigan va chiqaradigan yagona hayvon ekanligini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda SOVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 24,04 milliondan oshgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!