Koronavirus: firibgarlar tuzog‘iga tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Koronavirus: firibgarlar tuzog‘iga tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti COVID-19 bilan bog‘liq bezovtalikdan foydalanilayotgan firibgarlar to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda O‘zA muxbiri Shahnoza Mamaturopova xabar berdi.

«Siz, xorij kompaniyalaridan dori-darmonlar yoki tibbiyot buyumlarini onlayn xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, pul mablag‘larini o‘tkazishga shoshilmasdan, quyidagi tavsiyalarga amal qilishingizni so‘raladi:

?onlayn xaridlarni amalga oshirish xizmatini taklif etayotgan kompaniyalar faoliyatiga bildirilgan sharhlar bilan tanishish (boshqa mijozlar sotib olgan tovarlarni olmaganliklari haqidagi shikoyatlar mavjudmi yoki yo‘qmi);

?kompaniya joylashgan mamlakatda emas, balki boshqa mamlakatda ochilgan bank hisob raqamiga to‘lovni amalga oshirishni so‘rasa, xaridni amalga oshirmaslik;

?noma’lum yuboruvchidan kelgan yoki Siz kutmagan havola yoki ilovalarni ochmaslik;

?tibbiy asbob-uskunalarni taklif qiluvchi yoki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni talab qiladigan elektron pochta xabarlariga ma’lumot taqdim etmaslik.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!