Koronavirus yetib bormagan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Koronavirus yetib bormagan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoda hozirda 18 ta davlat mavjud bo‘lib, ularda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish holatlari aniqlangani to‘g‘risida ma’lumotlar olinmagan. Bugun ertalab Jons Xopkins nomidagi Amerika universiteti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda.

Quyida shu mamlakatlar ro‘yxati: Vanuatu, Yaman, Kiribati, Shimoliy Koreya, Komor orollari, Lesoto, Marshall orollari, Mikroneziya, Nauru, Palau, Samoa, San-Tome va Prinsipi, Tojikiston, Tonga, Turkmaniston, Tuvalu va Janubiy Sudan.

Ayrim ekspertlarning fikriga ko‘ra, ba’zi mamlakatlar yuqush holati bo‘lgan taqdirda ham bu haqda shunchaki xabar bermasliklari mumkin. Ammo ayrim, qurolli mojarolar tufayli bir qator boshqa mamlakatlar, masalan, Yaman uchun statistik ma’lumotlarni to‘plash qiyin.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, ushbu mamlakatlarning aksariyati tashqi dunyo bilan aloqalari cheklangan kichik orol davlatlardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!