Koronavirus! Davlat majburiyatlaridan voz kechmayapti, biz-chi?

Koronavirus! Davlat majburiyatlaridan voz kechmayapti, biz-chi?

Kasallikning tarqalishini nazorat qilish sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan bosimni pasaytiradi. Navbatdagi karantin esa shifokorlar kuch-quvvatlarini qayta tiklab olishlari va COVID-19 tarqalishini nazorat qilish imkoniga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, individual himoya vositalari, o‘pkaga sun’iy nafas  etkazib beruvchi apparat, boshqa tibbiy moslamalarni xarid qilish uchun resurslarni yo‘naltirish imkoni tug‘ildi. Shu vaqtda 500 ta sun’iy nafas apparati, 60 UZI apparat, 10 ta PSR apparat, 60 ta defibrillyator, 90 kardiomonitor, 500 pulsoksimetrlar xarid qilindi.

Individual himoya vositalari quyidagi miqdorda xarid qilindi: 878 ming dona kombinezonlar, 502 ming dona respiratorlar, 7,4 mln. juft qo‘lqoplar, 200 ming dona himoya ko‘zoynaklari, 7,2 mln. dona maskalar i 29 ming dona pirometrlar. Ular tegishli tarzda hududlarga yetkazilmoqda. Bularning barchasi tibbiyot xodimlari sog‘lig‘ini saqlashga imkon berdi. Biz shifokorlarga ommaviy ravishda kasallik yuqishining oldini ola bildik. Misol uchun, Nyu-Yorkda voqealarning bu tarzda rivojlanishi ayrim klinikalardagi tibbiy personal sonining keskin kamayib ketishiga olib keldi.

Shu bilan birga 16 ta tibbiy muassasalar qayta moslashtirildi. Toshkent shahrida 4 637 o‘rinli 16 ta davolash profilaktika muassasalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, bundan 3 580 o‘rin COVID-19ga chalingan bemorlar uchun ajratildi. Respublika viloyatlarida COVID-19 bilan og‘rigan bemorlar uchun esa 3 367 ta koykalar ajratildi, shuningdek 22 davolash-profilaktika muassasalarida 7 130 rezerv o‘rinlar shay qilingan. Bundan tashqari, Toshkent viloyati Zangiota tumanida ming o‘rinli yangi yuqumli kasalliklar shifoxonasi barpo qilindi. Italiya, Ispaniya, AQSh mamlakatlarida kuzatilgani kabi tibbiyot tizimiga maksimal bosim sharoitida bunday tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi.

Bu nimani anglatadi? Bu shuni anglatadiki,  davlat o‘z majburiyatlaridan voz kechmayapti, aksincha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmoqda va fuqarolarni qiyinchiliklar oldida o‘z holiga tashlab qo‘ymayapti.

– Shu yil martdan-iyungacha Respublikada pandemiyaning aholi turmush darajasi va iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan davlat Rahbarining 14 ta farmon va qarorlari qabul qilindi. Natijada 500 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga imtiyozlar berildi. Imtiyozlarning jami miqdori 30 trln. so‘mni tashkil etdi.  

– Pandemiyaning salbiy ta’sirini yumshatish uchun haqiqatan ham katta mablag‘ sarflandi. Aholini, iqtisodiyot tarmoqlarini va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarning umumiy qiymati 62,4 mlrd. so‘mga (6,13 mlrd. doll) baholandi.

– Bandlikni ta’minlash, ish o‘rinlari va ishchilarning daromadlarini saqlash uchun katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi va katta mablag‘lar sarflandi.

– Vaqtincha ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 230 minga yaqin ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlandi.

– 33 mingdan ortiq oilalar shaxsiy tomorqalarini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish uchun kam ta’minlangan oilalarni subsidiyalash mexanizmi tufayli ish bilan ta’minlandi.

– Aholi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan subsidiyalar hisobiga 3 ming ishsiz fuqaro ish bilan ta’minlandi.

– 20 ming kishiga ishsizlik nafaqalari berildi.

– 374 ming fuqaro uch oy davomida ish bilan ta’minlanib, doimiy daromadga ega bo‘ldi.

– 27 ming ishsiz fuqarolarimizga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida nafaqalar to‘lash uchun 10 milliard so‘m ajratildi.

 – 2020 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va fuqarolarning daromadlarini oshirish uchun oilaviy biznesni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kreditlar miqdori 4 trillion so‘mni tashkil etadi.

Mamlakatda, qo‘shni mamlakatlar, hatto Yevropa va AQShdan farqli o‘laroq, pandemiya vaqtida asosiy birlamchi ehtiyojlar bo‘yicha ommaviy yetishmovchilikning oldi olindi. Bularning barchasi vaziyatni barqarorlashtirish va oziq-ovqat, dori-darmonlar, antiseptiklar va dezinfeksiyalash vositalari bozorini nazorat qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish natijasida bo‘ldi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami ham e’tibordan chetda qolmadi. Asosiy o‘zgarishsiz qoladigan narsa – fuqarolar sog‘ligini saqlash, ijtimoiy majburiyatlarni bajarish. O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 583 mingta “kam ta’minlangan oilalar” moliyaviy yordamga muhtojligi aniqlandi, xususun “Saxovat va ko‘mak” umummilliy harakati doirasida 307 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi moliyaviy yordam ko‘rsatildi.

Koronavirus pandemiyasi odatdagi tartibni butunlay o‘zgartirdi, pandemiyadan keyin oldingi odatiy hayotga qaytish bo‘lmaydi. Aholining extiyojlari, iqtisodiy holat o‘zgarib boradi. Bunday sharoitda davlat har bir insonga minimal daromad berishini kutish mumkin. Va albatta, boshqa yo‘ldan ham borish mumkin – taqdim etilgan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish. Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini faollashtirish barcha sharoitlar yaratilmoqda, bandlikni ta’minlash uchun turli loyihalar amalga oshirilmoqda, o‘z ishini tashkil etish uchun qayta o‘qitish va malakasini oshirishga subsidiyalar berilmoqda. Barchasi har birimizning qanday yo‘l tanlashimizga bog‘liq. Bu borada boqimandalik kayfiyatiga berilish, shubhasiz hech qanday foydasiz yo‘ldir. Boshqacha aytganda, “baliqning qarmoqqa ilinishini kutib o‘tirish emas, balki qarmoqni ishlatadigan vaqt” keldi. Bunday pallada muvaffaqiyat yangi voqelik va sharoitga o‘z vaqtida moslasha oladigan hamda imkoniyatlardan oqilona foydalanishga asoslanadi.

Eng muhimi, asosiy majburiyatimizni unutmaylik – karantinga qat’iy amal qilaylik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!