Koronavirus: AQShda uy karantinidagilar soni keskin oshib ketdi

Koronavirus: AQShda uy karantinidagilar soni keskin oshib ketdi

Ayni damda Amerikada karantin joriy qilingan.

Ahvol og‘irlashgani tufayli hozirda 270 millionta odam AQShda uydan chiqa olmaydi. Bu haqda "New York Times" xabar berdi.

Gazetada aytilishicha, aksariyat shtatlar aholiga uyda qolishni buyurgan, aholi do‘konga yoki shifokorga borishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 189,6 ming kishiga etgan, 4079 kishi vafot etgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘rinda turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!