Koronavirus aniqlangan xorijliklar O‘zbekistonga kiritilmaydi

Koronavirus aniqlangan xorijliklar O‘zbekistonga kiritilmaydi

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 17 iyuldagi tegishli bayoni bilan O‘zbekiston chegaralarida COVID-19 infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida qator choralar belgilandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 20 iyuldan boshlab respublika hududiga avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali horijliklarning kirishi taqiqlanadi.

Ma’lum qilinishicha, avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan shaxslarni o‘z mablag‘lari hisobidan ekspress-test usulida tahlil topshirtirish, natijasi musbat chiqqan chet el fuqarolarini mamlakat hududiga kiritilmaydi.

Bunda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan, yashayotgan chet el fuqarolari, O‘zbekistonda yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mustasno. Ushbu kategoriyadagi shaxslar musbat chiqqan taqdirda alohidalanadi (izolyasiya).

Biroq So‘x tumani, Shohimardon, Cho‘nqara, Toshtepadagi avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari alohida hududlar deb yuritilib, O‘zbekistondan tranzit tarzida borayotgan O‘zbekiston fuqarolari COVID-19’ga qarshi barcha turdagi test tahlillarini topshirishlari talab etilmaydi. Shuningdek, Qirg‘iziston fuqarolari ham test tahlillarini topshirishlari shart emas.

Ma’lumot o‘rnida, havo va temir yo‘llari qatnovlari Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 13 martdagi 65-sonli bayoni asosida davom ettiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!