Koreyaga rasman ishlashga ketgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborildi. Nega? (VIDEO)

Koreyaga rasman ishlashga ketgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborildi. Nega? (VIDEO)

Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda YE-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun respublikamiz viloyatlarida tanlovlar tashkil etilib, muvaffaqiyatli o‘tganlar ishlash uchun jo‘nab ketayotgani xabar qilingan edi.

Shartnoma shartlarini buzgan fuqaroga katta miqdordagi jarima qo‘llanishi, Koreya Respublikasi hududidan chiqarib yuborilishi kabi huquqiy choralar ko‘rilishi haqida takror va takror ogohlantirilgan.

Shunga qaramay yurtdoshlarimizdan ikki nafari shartnoma shartlarini buzganligi sababli ularning vizasi bekor qilinib, O‘zbekistonga qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!