Konstitusiyaning Qoraqalpog‘istonga oid moddalari o‘zgartirilmaydi

Konstitusiyaning Qoraqalpog‘istonga oid moddalari o‘zgartirilmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 70, 71, 72, 74 va 75-moddalar o‘zgarishsiz qoldirilib, amaldagi normalar saqlab qolinadi.

Konstitusiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomiga oid qismi chiqarildi. Bu haqidagi qaror bugun bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir ovozdan qabul qilindi.

Majlisda quyi palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov Konstitusiyaning 70, 71, 72, 74 va 75-moddalarini o‘zgarishsiz qoldirish taklifini bildirdi.

Umumxalq muhokamasi davomida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi yuzasidan Qoraqalpog‘iston aholisidan kelib tushayotgan taklif va mulohazalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirgan takliflarini inobatga olish zarur deb topdi.

Ya’ni, Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 70, 71, 72, 74 va 75-moddalari o‘zgarishsiz qoldirilib, amaldagi normalarni saqlab qolish maqsadga muvofiq degan qarorga keldi.

Avvalroq, umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Konstitusiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi muddati 15 iyulga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!