Konor Makgregorning yillik daromadi ma’lum bo‘ldi

Konor Makgregorning yillik daromadi ma’lum bo‘ldi

«Forbes» talqiniga ko‘ra, irlandiyalik kurashchi Konor Makgregor 2020 yilning 100 ta eng badavlat mashhurlari ro‘yxatiga kirdi.

Sportchi 53-pog‘onani egalladi. Uning daromadi 48 million dollarni tashkil etadi. Shundan 30 million dollarini Donald Serronega qarshi jangi uchun qo‘lga kiritgan. Bu jang 2020 yil yanvarda bo‘lib o‘tdi va unda texnik nokaut bilan irlandiyalik g‘alaba qozondi.

Shuningdek, jangchi daromadining aksar qismini «Reebok» bilan homiylik shartnomasi tashkil etadi. Unga ko‘ra sportchi har yili 5 million dollardan olib turadi. Bundan tashqari, Makgregorga 2018 yilda ishlab chiqarishni boshlagan xususiy viski brendi daromad keltiradi.

Makgregor 22 marta g‘alaba qozonib, 4 marta mag‘lub bo‘lgan. U yarim yengil va yengil vaznda UFC chempioni bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!