Konor Makgregor musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi

Konor Makgregor musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o‘zining musulmon do‘stlari va muxlislariga murojaat bilan chiqdi.

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi musulmonlarni oylarning sultoni - Ramazon bilan muborakbod etdi.

"Barcha musulmon do‘stlarim va muxlislarimga buyuk Ramazon oyi muborak bo‘lsin. Abu-Dabi va Dubay sehrli diyor, men oilam bilan bu yerda o‘tkazadigan har bir kunimni qadrlayman. Shaxsan menga mashg‘ulot va sayyohat uchun eng yaxshi joy. Odamlari va hayot tarzi umuman boshqacha", - deya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida tabriknoma qoldirgan Konor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!