Konor Habib bilan yana jang qilmoqchi

Konor Habib bilan yana jang qilmoqchi

UFC’ning ikki vazndagi sobiq chempioni Konor Makgregor 19 yanvar tongida bo‘lib o‘tadigan Donald Serronega qarshi jangdan so‘ng kimlar bilan to‘qnash kelishni xohlayotganini ma’lum qildi.

«Toni va Habibning jangidan qat’i nazar, ularning ikkalasi bilan ham jang qilishni xohlayman. Men Habib bilan ham Fergyuson bilan ham to‘qnash kelishni istayman. Toni bilan jang qilishi g‘oyasi menga yoqmoqda, sababi axir u bilan vaqtida jang qilishimiz mumkin edi-da. Biz uning ishlari bilan Paradigm kompaniyasida shug‘ullanganmiz. U yerda Toniga yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. Biz uni chempionlik sovrinlarisiz ham dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchilaridan biriga aylantirdik», — deydi Konor Makgregor.

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang UFC 249 musobaqasi doirasida 18 aprel sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!