Kongressmen Ukrainani dunyodagi eng korrupsiyalashgan davlatlardan biri deb atadi

Kongressmen Ukrainani dunyodagi eng korrupsiyalashgan davlatlardan biri deb atadi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grin Ukrainani dunyodagi eng korrupsiyalashgan mamlakatlardan biri deb atadi.

"Ukraina dunyodagi eng korrupsiyalashgan mamlakatlardan biri va Rossiya bilan urush buni o‘zgartirmaydi", dedi u.

Grin, Ukrainaga ajratilgan yordamni tekshirishning ahamiyatiga ham e’tibor qaratdi.

"Qancha mashaqqat bilan topilgan dollarlar o‘g‘irlanmoqda yoki ular bormasligi kerak bo‘lgan odamlarga berilmoqda?" - dedi u.

Ukrainaning “STRANA.ua” nashri avvalroq Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakatdagi korrupsiya mojarolari tufayli iste’foga chiqishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko o‘z lavozimidan ketish haqida ariza yozganini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!