Kongoda Ebola virusi tarqaldi

Kongoda Ebola virusi tarqaldi

Kongo demokratik respublikasining yirik shaharlaridan birida Ebola virusi bilan kasallanish bo‘yicha ilk holat qayd etildi. Bu haqda Yeuronews.com nashri xabar berdi.

Ushbu ma’lumotni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tasdiqladi. O‘ta yuqumli va xavfli bo‘lgan virusning ikki million nafar aholi istiqomat qiluvchi va mamlakatning asosiy transport tarmog‘i bo‘lgan Gomada qayd etilishi ortidan tashkilot jiddiy tashvishda ekanligini ma’lum qildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus bu holat virusning keskin tarqalib ketish xavfini oshirishini bu esa unga qarshi kurashishda mamlakatdagi vaziyatni yanada og‘irlashtirishini ta’kidlamoqda.

Jamoatchilikning ishonchsizligi, siyosiy beqarorlik, noxolis va yolg‘on xabarlar sabab virusga qarshi samarali kurashishda asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yilning iyul oyidan e’tiboran mamlakatda ushbu o‘ta xavfli virus bilan 2,5 mingga yaqin kishi zararlandi. Ularning 1600 dan ortig‘i halok bo‘ldi. BMT hozirda Ebolaga kurashni moliyalashtirishni ko‘paytirishga chaqirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!