Kongoda 14 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi

Kongoda 14 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi

Kongoning Kvango provinsiyasi deputatlari Milliy parlament spikeri Kristof Mbozoga murojaat bilan chiqish qilib, undan hududda tarqalgan noma’lum epidemiyaga qarshi kurash choralarini ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda mahalliy Actualite nashri xabar tarqatgan.

«Noma’lum kasallik yurtdoshlarimizni nobud qilmoqda, 14 kishi mazkur xastalikdan vafot etdi. Infeksiyaning qayerdan va qanday kelib chiqqani hanuzgacha aniqlangani yo‘q», — degan parlamentariy Pasi Zapamba.

Provinsiya gubernatori Jan-Mari-Pti-Pti Frans Press nashriga bergan intervyusida noma’lum kasallik o‘tgan oyda tarqala boshlaganini ma’lum qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallik asosan 60 dan 80 yoshgacha bo‘lgan keksa odamlar hayoti uchun xavf tug‘dirmoqda. Halok bo‘lganlarning hammasi Kasongo-Lunda hududida yashagan.

Avval Gvineya va Kongoda Ebola virusi aniqlangani, o‘lim holatlari borligi, Kongoda odamlarni Ebolaga qarshi emlash ishlari boshlangani haqida xabarlar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!