Kongo DR bilan Ruanda munosabati keskinlashmoqda

Kongo DR bilan Ruanda munosabati keskinlashmoqda

Kongo Demokratik Respublikasi Prezidenti Feliks Chisekedi “France24” telekanali va “RFI” radiosiga intervyu berib, Ruanda bilan urush ehtimoli yuqori ekanini ta’kidladi. Bunga sabab sifatida Ruandaning mamlakat sharqidagi isyonchi “M23” harakati jangovar amaliyotiga aloqadorligi ko‘rsatilmoqda.

Jurnalist KDR Ruanda bilan urush yoqasida, deyish mumkinmi, deb so‘raganda, davlat rahbaridan “shunday ssenariy ehtimoldan xoli emas”, degan javobni olgan.

– Xalqaro hamjamiyatni bir necha bor Ruandaga qarshi sanksiya joriy qilishga chaqirdik, – degan Chisekedi. – Agar sanksiya o‘z vaqtida qo‘llanmasa, biz o‘zimizni himoya qilishga majbur bo‘lamiz va buning uchun o‘z kuchimizdan foydalanamiz. Qurol yordamida hal qilmasak, boshqa yo‘l yo‘q. Mamlakat sharqida Ruanda qurolli kuchlarining mingdan ortiq askari o‘zlarini “M23” harakati a’zosi sifatida ko‘rsatib, jang qilmoqda.

Chisekedining fikricha, harakatning haqiqiy yetakchisi Ruanda Prezidenti Pol Kagame.

Etnik ozchilik sanalgan tutsi qavmi manfaati uchun kurash olib borayotgan “M23” harakati 2013 yil noyabrda jiddiy harbiy mag‘lubiyatdan so‘ng tarqalib ketgandi. Isyonchilar 2021 yilda yana qo‘llariga qurol olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!