Kollej va texnikumlarda test qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Kollej va texnikumlarda test qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

2022-2023 o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari 3 oktyabrdan 8 oktyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda, test sinovlari 1-smenada 09:00 dan 12:00 gacha; 2-smenada 14:30 dan 17:30 gacha bo‘lib o‘tadi. Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fandan o‘tkaziladi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy fanlar quyidagilar: ona tili; matematika; O‘zbekiston tarixi. Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Testlarni yechish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun: 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball); 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball); majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!