Kogonda «Volga» ning gaz balloni portlab ketdi. Yo‘lovchi va haydovchi vafot etgan

Kogonda «Volga» ning gaz balloni portlab ketdi.  Yo‘lovchi va haydovchi vafot etgan

Buxoro viloyati Kogon tumanida 11 oktyabr kuni «Volga» avtomobilining gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Yo‘l xarakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa A-380 yo‘li Buxoro–G‘uzor–Denov yo‘nalishining 207-kilometrida sodir bo‘lgan. Voqea oqibatida avtomobil ichidagi yo‘lovchi va haydovchi vafot etgan. Qayd etilishicha, hodisaga avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonining nosozligi sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!