Kobulda portlash: sakkiz kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi

Kobulda portlash: sakkiz kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi

Kobuldagi portlash oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 18 kishi jarohat oldi. Bu haqda shahar polisiyasi matbuot kotibi Xalid Zadran ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi, deb xabar berdi Sinxua agentligi

Unga ko‘ra, portlash Kobulning oltinchi polisiya okrugida sodir bo‘lgan. Portlovchi qurilma qo‘l aravachasiga o‘rnatilgan. Hujum nishoni tinch yo‘lovchilar bo‘lgan. Sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 18 kishi jarohat oldi

.Hozircha hech kim sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

So‘nggi paytlarda Afg‘onistonda maktablar, masjidlar va avtobuslarda ketma-ket portlashlar sodir bo‘lib, qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortib bormoqda. Ushbu jinoyat uchun mas’uliyatni «Islomiy davlat» ekstremistik guruhi o‘z zimmasiga oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!