“Kobalt” yo‘lovchisidan 46 gr “Gashish” topildi

“Kobalt” yo‘lovchisidan 46 gr “Gashish” topildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli “Qoradori-2021” tezkor tadbiri davomida “M-37” avtomobil yo‘lining 216-kilometrida tashkil qilingan ko‘chma postda “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, mazkur avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Farg‘ona viloyati Rishton tumani “Dorilomon” mahallasida yashovchi, 1996-y.t. Q.T. ning egnida bo‘lgan kulrang sport shimi cho‘ntagidan qora rangli poliyetilen paketga o‘ralgan holdagi, sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof vazni 46,25 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “Gashish” giyohvandlik moddasi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Q.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!