Klaus Mangold: “Maqsad – Yevropada O‘zbekistonning turizm sohasidagi mavqeini yanada mustahkamlash”

Klaus Mangold: “Maqsad – Yevropada O‘zbekistonning turizm sohasidagi mavqeini yanada mustahkamlash”

23 noyabr kuni Turizm va madaniy meros vazirligida Germaniyaning “Mangold consulting GMBH” raisi, professor Klaus Mangold bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bosh vazir o‘rinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov yuqori martabali mehmonga tashrif uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Klaus Mangold: “Maqsad – Yevropada O‘zbekistonning turizm sohasidagi mavqeini yanada mustahkamlash”

Uchrashuvda Yevropa davlatlarida O‘zbekistonning turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish va yevropalik sayyohlar oqimini ko‘paytirish doirasida olib borilayotgan loyihalar haqida so‘z yuritildi. Xususan, joriy yilning 18 noyabr kuni Germaniya turistik assosiasiyasi prezidenti Norbert Fiyebig bilan bo‘lgan uchrashuv yakuniga ko‘ra erishilgan masalalar, DRV tarkibiga kiruvchi eng yirik turistik operatorlar ishtirokida “Destination Fourm” loyihasini o‘tkazish, shuningdek, vazirlik tomonidan Yevropa bozoriga mo‘ljallangan mediarejani amalga oshirish bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi.

Ta’kidlash kerakki, K.Mangold “Destination Fourm” loyihasi doirasida nafaqat Germaniya, balki Shveysariya, Avstriya kabi Yevropa davlatlarining eng yirik va salohiyatli OAV va turistik tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ekanligini qayd etdi. Shuningdek, “Uzbekistan” milliy brendini xorijda keng targ‘ib qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi.

“2023 yilning mart oyida Germaniyaning Berlin shahrida “ITB Berlin-2023” xalqaro turizm yarmarkasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, kelgusi yili Germaniyada O‘zbekistonning arxeologik boyliklari ko‘rgazmasini tashkil etish ko‘zda tutilgan, — dedi Klaus Mangold. — Bu tadbirlardan maqsad yevropalik sayyohlarning O‘zbekistonga bo‘lgan e’tiborini oshirish, mamlakatimizning diqqatga sazovor jihatlarini butun dunyoga yanada kengroq tanitish va bu orqali mamlakatingizning Yevropa va jahondagi mavqeini mustahkamlashdir”.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning turizm salohiyatini Yevropaga yanada keng targ‘ib qilish doirasida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan turizm sohasi vakillari uchun o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Germaniya tajribasiga asosan, yurtimizda tematik parklarni ochish imkoniyatlari, Germaniya Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tashkil qilish hamda kelgusi yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekistonning arxeologik boyliklari ko‘rgazmasi masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Klaus Mangold: “Maqsad – Yevropada O‘zbekistonning turizm sohasidagi mavqeini yanada mustahkamlash”Klaus Mangold: “Maqsad – Yevropada O‘zbekistonning turizm sohasidagi mavqeini yanada mustahkamlash”

Ma’lumot uchun, “Mangold Consulting GMBH” kompaniyasi 15 yildan ortiq vaqt Germaniya va xorijdagi milliy va xalqaro kompaniyalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va muassasalarga muvaffaqiyatli maslahatlar berib kelmoqda.

Professor Klaus Mangold O‘zbekistonning turistik salohiyatini yuqori baholadi. Qolaversa, O‘zbekistonda turizm jadal suratlarda rivojlanib borayotganini va bunda Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Klaus Mangold “Ipak yo‘lida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining ahamiyatini yuqori baholadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!