Kitob tumanida kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaligi rahbari aniqlandi

Kitob tumanida kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaligi rahbari aniqlandi

Kitob tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaligi rahbari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.5.” fermer xo‘jaligi rahbari R.M. 11.12.2020 yilda hududdagi tijorat banki filialidan qishki mavsumga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish uchun 1 yil muddatga 1,5 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishib, go‘yoki kredit evaziga 14 nafar fuqarodan qishloq xo‘jalik mahsulotlari olganligi to‘g‘risida soxta shartnomalarni rasmiylashtirib, amalda qishki mavsumga zaxirani yaratmasdan juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!