Kilian Mbappe 2022 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi (+ro‘yxat)

Kilian Mbappe 2022 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi (+ro‘yxat)

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe 2022 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi, deya xabar beradi Sportico.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli fransiyalik futbolchi 2022/23 yilgi mavsum uchun 125 million dollar ishlab olishi kerak. Shundan 105 million dollar futbolchining maoshi, qolgan 20 million dollari esa homiylik shartnomalaridan tushgan daromaddir.

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 113 million dollar (53 million dollar maosh va 60 million dollar homiylik shartnomalari) bilan ikkinchi, Mbappening jamoadoshi Lionel Messi esa 110 million dollar (62+48) bilan uchinchi o‘rinda.

Sportico talqini bo‘yicha 2022/23 yilgi mavsumda eng ko‘p maosh oladigan o‘n nafar futbolchi:

1. Kilian Mbappe (PSJ) - 125 million dollar (105 million dollar maosh + 20 million dollar homiylik daromadi)

2. Krishtianu Ronaldu (Manchester Yunayted) – 113 million dollar (53+60);

3. Lionel Messi (PSJ) - 110 million dollar (62+48);

4. Neymar (PSJ) - 91 million dollar (56+35);

5. Muhammad Saloh (Liverpul) – 39,5 million dollar (24,5+15);

6. Eden Azar (Real) – 31,3 million dollar (28,6+2,5);

7. Andres Inyesta (Vissel Kobe) – 30 million dollar (23+7)

8. Rahim Sterling (Chelsi) – 29,4 million dollar (21,4+8);

9. Kevin De Bryuyne (Manchester Siti) – 29 million dollar (25,5+3,5);

10. Antuan Grizmann (Atletiko Madrid) – 27,5 million dollar (22+5,5)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!