Kiyevda Ukrainaning Belarusdagi sobiq elchisiga nisbatan ayblov e’lon qilindi

Kiyevda Ukrainaning Belarusdagi sobiq elchisiga nisbatan ayblov e’lon qilindi

Mixail Yejel Rossiya Qora dengiz flotini Qrimda joylashtirish bo‘yicha Xarkov kelishuvlari bo‘yicha muzokaralar olib borishda davlatga xiyonat qilishda ayblanmoqda, deyiladi Ukraina Davlat tergov byurosi bayonotida.

Mixail Yejel 2010-2012 yillarda Ukraina mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. Keyinchalik u Ukrainaning Belarusdagi elchisi etib tayinlandi va bu lavozimda 2015 yilning mayigacha ishladi. 2018 yilda u Belarusda qochqin maqomini oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!