Kichkinagina choynak deyarli 500.000 dollarga sotildi

Kichkinagina choynak deyarli 500.000 dollarga sotildi

Britaniyada uylarning biridan topilgan Xitoyning Syanlun sulolasi davriga tegishli choynak “Hansons Auctioneer” auksionida 495 ming dollarga sotildi.

Bu haqda UPI portali ma’lum qildi.

Sobiq egasining so‘zlariga ko‘ra, buyum Ikkinchi Jahon urushi paytida uni Britaniyaga Osiyodan olib kelgan bobosidan qolgan. Dastlab yodgorlikni antiqa buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konga sotmoqchi bo‘lgan, ammo keyin mutaxassis bilan maslahatlashishga qaror qilgan.

Boshlang‘ich narxi taxminan 50 ming dollarni tashkil etgan choynak sakkiz kishi narxni doimiy ravishda oshirib borganligi sababli, oxir-oqibat, deyarli o‘n baravar qimmatga sotilgan.

Xaridorning kimligi esa noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!