Kichik biznesni tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilinadi

Kichik biznesni tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilinadi

O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan muloqotda biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirishni buyurdi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga, so‘nggi o‘n yilda esa yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizdan 26 foizga tushgan.

“Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tahlil qilingan 5 ming tadbirkorning yarmidan ko‘pida bir yilda 2-3 marta, yana 21 foizida 4 martadan soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Bunga yong‘in, qurilish, sanitariya, karantin va energiya inspeksiyalarining takroriy tekshiruvlari ham qo‘shilmoqda

“Bir narsani tushunish kerak: xotirjamlik bo‘lmagan joyda erkinlik ham, rivojlanish va yangilikka intilish ham bo‘lmaydi”, – dedi prezident.

Shu bois, kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy e’lon qilinadi.

O‘rta va yirik tadbirkor o‘z korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tkazsa, uning xulosasini soliq organi tan oladi. Kamchilikni bartaraf qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi, bir yilda takroriy tekshiruv esa faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi