Kiberhujum AQShning eng asosiy quvur tizimining yopilishiga olib keldi

Kiberhujum AQShning eng asosiy quvur tizimining yopilishiga olib keldi

Amerika o‘zining tozalangan yonilg‘i tashuvchi eng katta arteriyasi – Colonial Pipelineda juma kuni sodir bo‘lgan kiberhujumdan xalos bo‘lishga urinmoqda. Tizimning vaqtinchalik to‘xtab qolishi, Texas shtatini Nyu-York va Florida bilan bog‘laydigan, 17 ta shtat bo‘ylab o‘tuvchi milliy avtomagistrallarda benzin, dizel yoqilg‘isi, aviasiya yoqilg‘isi va boshqalarni tezkor tashish imkonini beradi.

 Odatda, quvurlar kuniga 2,5 million barrel yonilg‘i tashiydi. Bu sharqiy qirg‘oq ta’minotining 45 foizini tashkil etadi. Yakshanba kuni yonilg‘i narxi 4% ga ko‘tarildi. DarkSide kiberjinoyatchilik guruhi, «virusli tovlamachilik» (ya’ni, o‘g‘irlangan ma’lumotlarni internetga chiqarmaslik evaziga pul talab qilish) hujumida ayblanmoqda. Guruh Colonial tarmog‘iga kirib, deyarli 100 GB ma’lumotlarni garovga olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!