Keylor Navas “Real”ni tark etadi

Keylor Navas “Real”ni tark etadi
Kosta-Rikalik taniqli darvozabon Keylor Navas joriy mavsum yakunida Madridning “Real” klubini tark etishga qaror qildi. “Qirollik klubi” yozda o‘z safiga belgiyalik Tibo Kurtuani qo‘shib olganidan so‘ng Navas zaxirada qolib ketmoqda. Aynan shu sabab kosta-rikalik mohir futbolchi Madrid jamoasidan ketmoqchi.
 
Bundan biroz muqaddam “Real”ning sobiq yulduzi Krishtiano Ronaldo hozirda to‘p surayotgan klubi “Yuventus” rahbariyatiga Keylor Navasni tarkibga qo‘shib olish taklifini bergandi.
 
"AS" nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar mavsum yakunida Navasni qo‘yib yuborishadi.
Manba: uza. uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!