Kering fransuz moda uylari mo‘ynadan butunlay voz kechdi

Kering fransuz moda uylari mo‘ynadan butunlay voz kechdi

Gucci, Balenciaga, Bottega Veneta, Alexander McQueen, Brioni va Yves Saint Laurent moda brendlariga egalik qiluvchi Kering SA fransuz xoldingi 2022 yilning kuziga kelib hayvonlar mo‘ynasidan ishlab chiqarishda foydalanishni to‘xtatishini e’lon qildi. «Hayvonlarning himoyasi haqida gap ketganda, bizning kompaniyamiz o‘z ta’minot zanjirida va umuman hashamatli tovarlar sohasida ishlash uslubimizni yaxshilashga sodiqligini har doim ko‘rsatgan», — dedi Kering bosh direktori Fransua-Anri Pino.

2019 yilda kompaniya mo‘yna va hayvonlardan olinadigan boshqa materiallarni qamrab oladigan hayvonlar himoyasi standartini e’lon qilgandi. Ushbu standart, mo‘ynadan foydalanishni yo‘q qilish bilan birga, Kering kompaniyasiga tegishli bo‘lgan barcha brendlarda qo‘llanilishi davom ettiriladi, deyiladi xabarda. — Gazeta.uz

Avval xabar berganimizdek, dunyoda birinchi bo‘lib Isroil mo‘yna mahsulotlarini sotishni taqiqlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!