Kentukki shtatidagi suv toshqini qurbonlari soni oshib bormoqda

Kentukki shtatidagi suv toshqini qurbonlari soni oshib bormoqda

AQShning Kentukki shtatida kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi, ulardan olti nafari bolalar, deb xabar bermoqda NBC News.

Prezident Jo Bayden juma kuni Kentukkidagi yirik tabiiy ofat haqida bayonot e’lon qildi va "qattiq bo‘ronlar, toshqinlar, ko‘chkilar va toshqinlardan zarar ko‘rgan hududlarga" federal yordam yuborishni buyurdi. Bunday yordamni bir kun avval shtat gubernatori Endi Besher so‘ragan edi.

Hozircha yana qancha odam bedarak yo‘qolgan deb topilgani ma’lum emas. Avvalroq, 15 kishining o‘limi tasdiqlanganida, Besher qurbonlar soni ikki baravar oshishi mumkinligini aytdi.

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha 294 kishi qutqarilgan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!