Keksa senatorlar bilan Yangi O‘zbekistonni qursa bo‘ladi(mi?)

Keksa senatorlar bilan Yangi O‘zbekistonni qursa bo‘ladi(mi?)

Bugun biz ijtimoiy tarmoqlarda Senatga saylangan senatorlarning katta qismini yoshlar emas, balki yoshi ulug‘ insonlar tashkil etgani qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lganini ko‘rmoqdamiz. 

Ammo, jahon amaliyotida, xususan,  Evropa Parlamentlarining ham yuqori palatasi katta hayotiy tajribaga ega va jiddiy yutuqlarga erishgan, malakali siyosatchilardan iborat bo‘ladi.

Bilamizki, yoshi ulug‘ avlod vakillari harakatchan, yosh va dinamik avloddan aynan shu jihatlari bilan farq qiladi.

Quvonarlisi, bugun saylangan Senatorlar orasida avvalgi singari tuman hokimlari emas, balki O‘zbekiston Qahramonlari, yirik ishlab chiqarish korxonalari  rahbarlari, xalq shoirlari va yozuvchilari, fan doktorlari, akademiklar,  nodavlat tashkilotlar rahbarlari borligidir. Bu katta o‘zgarishdan dalolatdir. Shuningdek, ularning sal kam 30 foizi ayollardan iborat.

Demak, Parlamentning quyi palatasi harakatchan, qiziquvchan yosh avloddan iborat bo‘lsa, yuqori palata aksincha, yoshi ulug‘ insonlardan tashkil topishi odatiy holdir.

Shu sababli ham, Senatning yangi tarkibi bizga "o‘zaro tiyib turish va muvozanatni saqlash tizimi"ning  qanday ishlashini qo‘rsatadi.

Sherzodxon Qudratxodjayev, MSK a’zosi

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!