Kechgi tabassum!.. (20-qism)

Kechgi tabassum!.. (20-qism)

Fil va chumoli razvedkaga chiqishdi. Bir mahal chumoli to‘satdan baqirdi:
— Fil! Yot! Dushmanlar meni payqab qollishdi!
* * *
Yangi yilning ertasi kuni bolakay do‘konga kelib sotuvchidan so‘radi:
— Non yangi kelganmi?
— Yo‘q, o‘tgan yili kelgan.
* * *
O‘g‘ri do‘stiga hasrat qilayapti:
— Halollik baribir bir kunmas bir kun o‘zini oqlarkan.
— Nega?
— Yaqinda birovning itini o‘g‘irlab bozorga olib chiqqandim. Hech kim sotib olmadi. Shunda vijdonim qiynalib itni egasiga olib borgandim, u menga yuz dollar mukofot berdi.

***
Turma kamerasida.
— Sen nima sababdan qamalding?
— Aksa urganim uchun.
— Qanaqasiga?
— Ha, men aksa urgandim, do‘kon qorovuli uyg‘onib ketdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!