Kechgi tabassum!.. (17-qism)

Kechgi tabassum!.. (17-qism)

— Ayol erkakka do‘st bo‘lishi mumkinmi?

— Mumkin. Faqat bu haqda o‘zi bilmagani ma’qul.

 

* * *

 

Er-xotin tish do‘xtiriga kelishdi.

— Narkoz bilan olaymi tishni? — so‘radi vrach.

— Narkozsiz, — javob qildi er.

— Xayriyat! — kuldi vrach. — Nihoyat jasur erkak ham topildi-ya!

— Xotinjon, o‘tir! — muloyimlik bilan dedi er.

 

* * *

 

Ayol avvaliga yangi tanishgan yigiti uni teatr, kinolarga olib borishini istaydi, shu bahonada bu yigit bilan uchrashish kerakmi-yo‘qmi, aniqlamoqchi bo‘ladi. Yigit esa o‘zi tanishgan qizni dastlab uyiga olib borishni xohlaydi. Shu bahonada bu qiz bilan kino, teatrlarga borish kerakmi-yo‘qmi, aniqlab olmoqchi bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!