“Kechasi soat 03:00da YPX xodimlari mast holatda yuribdi, niqob va bosh kiyimlari yo‘q”: izoh berildi

“Kechasi soat 03:00da YPX xodimlari mast holatda yuribdi, niqob va bosh kiyimlari yo‘q”: izoh berildi

Joriy yilning 5 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Kechasi soat 03:00da YPX xodimlari mast holatda yuribdi, o‘zlarida tibbiy niqob va bosh kiyimi yo‘q” sarlavhali video lavha tarqaldi.

Video lavha yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB YPX katta inspektori A.Ajiniyazov joriy yilning 31 mart kuni belgilangan taqsimot asosida Nukus shahri Aeroporti va shimoliy avtovokzal yo‘nalishida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 31 mart kuni soat 22:00 dan 01 aprel kuni soat 03:00 ga qadar xizmatga jalb etilgan. Unga biriktirilgan “Lasetti” rusumli, davlat raqami 95 552 VSF xizmat avtomashinasida xizmatni yakunlagandan so‘ng qaytayotganda, karantin vaqtida ko‘chada yurgan fuqaroga xizmat avtomashinasida o‘rnatilgan maxsus moslama ovoz kuchaytiruvchi mikrofon orqali uyiga kirishini va karantin tartibiga rioya qilishini so‘ragan. Shu vaqtda, ushbu fuqaro A.Ajiniyazovning tanishi bo‘lib chiqib, u bilan so‘rashish uchun avtomashinasidan bosh kiyimsiz va tibbiy niqobsiz tushgan.

A.Ajiniyazov tanishi fuqaro A.Abdullayev bilan so‘rashib, bir daqiqa gaplashib turib, unga uyiga qaytib dam olishini va karantin vaqtida maqsadsiz ko‘chada yurish mumkin emasligini tushuntirib, o‘zining xizmat avtomashinasiga minib uyiga qaytgan.

Ushbu holat voqeaga aloqasi bo‘lmagan shaxslar tomonidan uyali telefon apparati orqali video tasvirga olinib,  “Kechasi soat 03:00da YPX xodimlari mast holatda yuribdi, o‘zlarida tibbiy niqob va bosh kiyimi yo‘q” sarlavhasi ostida  ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

Tekshiruv ishlari davomida, YPX inspektori A.Ajiniyazov shu kuni xizmatda bo‘lganligi va spirtli ichimliklar iste’mol qilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!