Kecha O‘zbekistonda 400 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi. Vaziyat og‘irlashmoqda

Kecha O‘zbekistonda 400 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi. Vaziyat og‘irlashmoqda

2021 yil 4 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92724 (+404) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
– 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
– 6 nafari Andijon viloyatida,
– 1 nafari Buxoro viloyatida,
– 6 nafari Jizzax viloyatida,
– 2 nafari Navoiy viloyatida,
– 5 nafari Namangan viloyatida,
– 84 nafari Samarqand viloyatida,
– 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
– 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
– 10 nafari Xorazm viloyatida,
– 73 nafari Toshkent viloyatida,
– 208 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar,
– Buxoro viloyatida 5 nafar,
– Jizzax viloyatida 10 nafar,
– Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,
– Navoiy viloyatida 2 nafar,
– Namangan viloyatida 6 nafar,
– Surxondaryo viloyatida 5 nafar,
– Farg‘ona viloyatida 5 nafar,
– Xorazm viloyatida 9 nafar,
– Toshkent viloyatida 38 nafar,
– Toshkent shahrida 189 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 88535 (+277) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3534 nafar bemor davolanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!