Kavkaz tog‘larida fojia yuz berdi

Kavkaz tog‘larida fojia yuz berdi

23 centyabr kuni kechqurun ma’lum bo‘lishicha, Elbrus yonbag‘rida 5400 m balandlikda joylashgan 19 kishidan iborat alpinistlar ob-havo yomonlashgani uchun yordam so‘ragan. Guruhda Rossiyaning 11 viloyatidan kelgan 30 yoshdan oshgan odamlar bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, guruh a’zolari turli joylarda bo‘lishlari qidiruvni murakkablashtirmoqda. Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini 5000 metrdan boshlagan.

Shuningdek noqulay ob-havo ham qutqaruvchilarning ishiga xalal bermoqda. Qidiruv maydonidagi harorat -20° C dan past, bo‘ron 40 m/s gacha kuchaygan, ko‘rish 1 m dan oshmaydi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, guruhning besh a’zosi halok bo‘lgan.
Alpinistlar guruhiga yo‘lboshlovchi bo‘lgan odam ularni tashlab, pastga tushib ketgan. Qutqaruvchilar u bilan uchrashuv haqida xabar berishgan.

Hozir 14 kishi qutqarilgan, ulardan 11 nafari kasalxonaga yotqizilgan.
Alpinistlar qattiq muzlab va jarohatlar olishgan. Sakkiz kishining ahvoli o‘rtacha og‘ir holatda.
Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqa bo‘yicha tergov boshqarmasi alpinistlarning o‘limi haqidagi xabarlardan so‘ng tergovga qadar tekshiruvni boshladi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kabardino-Balkariya bosh boshqarmasi yetti soatdan ko‘proq davom etgan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanganini ma’lum qilgan.
Qutqaruv ishlariga 69 kishi va 16 ta texnika jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!