Kattaqo‘rg‘onda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Kattaqo‘rg‘onda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari bilan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “Mirzo Ulug‘bek” MFY hududidagi noturar binoda fuqaro S.X. gazlashtirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirmasdan tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 4 dona ohak pishirishga mo‘ljallangan qo‘lbola yasalgan pechlarga 10 dona nostandart gaz yondirgichlarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib ishlatganligi natijasida, umumiy da’vo muddatidan kelib chiqib holda davlat va jamiyat manfaatlariga 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!