Katta miqdordagi firibgarlikda ayblangan ikki shaxs Koreyadan O‘zbekistonga ekstradisiya qilindi

Katta miqdordagi firibgarlikda ayblangan ikki shaxs Koreyadan O‘zbekistonga ekstradisiya qilindi

Joriy yilning oktyabr oyida Seul shahrida (Janubiy Koreya) O‘zbekistondagi Interpol MMB, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Janubiy Koreyaning Interpol MMB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida respublika huquq-tartibot idoralari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 2-qismi bilan belgilangan og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun respublika huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan 1991 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan.

Olingan ma’lumotlarga asosan, Seulda xizmat safarida bo‘lgan O‘zbekistonning Interpol MMB va Toshkent viloyati IIBB xodimlari Janubiy Koreya MMB bilan hamkorlikda Interpol kanallari tomonidan katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi 1957 yilda tug‘ilgan J.N. qo‘lga olingan. 2016 yilda J.N. fuqarolarimiz ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan Toshkent shahridan ko‘chmas mulk xaridida yordam berishini va’da qilib, ulardan olgan pullarni majburiyatlarini bajarmay o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Bugungi kunda muzokaralar va O‘zbekistondagi Interpolning MMB hamda Toshkent viloyati IIBB JQB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi ikkala shaxs ham qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respublikasiga topshirildi va endi ular qilmishlari uchun sudda javob berishlariga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!